Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina barcha og‘ir yaralangan harbiy asirlarni Rossiyaga topshirdi
Foto: Picture Alliance
Ukraina Rossiyaga barcha og‘ir yarador asirlarni topshirdi, ularning ahvoli olib borish imkonini berdi, deya xabar qildi harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab. Moskva bu ma’lumotga izoh bermadi.
«Ukraina insonparvarlik harakatini amalga oshirdi va keng ko‘lamli bosqin boshidan asirga olingan, ahvoli olib borish imkonini bergan barcha og‘ir yaralangan okkupantlarni Rossiyaga topshirdi», deb xabar qildi Ukraina tomoni. Qayd etilishicha, bu almashinuv emas, balki repatriatsiya - xalqaro huquq normalariga muvofiq hech qanday shartlarsiz qaytarish.
«Shu bilan birga, tajovuzkor davlat, muntazam ravishda xalqaro me’yorlarga e’tibor bermay, minglab Ukraina fuqarolarini, jumladan, og‘ir kasal va yaralanganlarni hamon garovda ushlab turibdi. Bu toifadagi barcha fuqarolar, xalqaro humanitar qonunlarga ko‘ra, Ukrainaga hech qanday shartlarsiz qaytarilishi kerak», - deyiladi muvofiqlashtiruvchi shtab bayonotida.
Mavzuga oid
15:18 / 22.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha bahs Ukrainaga ko‘mak haqidagi muzokaralarni izdan chiqardi
14:05 / 22.01.2026
RF Ukrainaga “Iskander” va qariyb 100 ta dron bilan hujum qildi
12:56 / 22.01.2026
Tramp Davosda Zelenskiy bilan uchrashmoqchi
10:13 / 22.01.2026