17:51 / 31.03.2023
9282

Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi IT-parkni borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Xorazm filialini borib ko‘rdi.

15 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga barpo etilgan ushbu markaz yiliga 4 ming 500 nafar yoshni axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘qitish va IT xizmatlar ko‘rsatish quvvatiga ega. Ushbu majmuada 250 nafar yigit-qiz ish bilan ta’minlangan.

Prezidentga IT-parkda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

Bu yerda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda IT xizmatlarini eksport qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Maqsadlar ham shunga yarasha, joriy yilda eksport hajmini 3 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Shu yerning o‘zida IT-park rezidentlari, axborot texnologiyalariga sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan muloqot bo‘ldi. Ular o‘zlarining faoliyatlari haqida so‘zlab berishdi.

Davlat rahbari yoshlarning fikrlarini eshitib, takliflarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga oid
Top