Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau va boshqa rasmiy shaxslar ham ishtirok etdi.
Joriy yil 23 sentabr kuni Nyu York shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv avvalida Serjio Gor davlat rahbariga AQSh prezidenti Donald Trampning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Jadal siyosiy muloqot, turli darajalardagi almashinuvlar va faol ishbilarmonlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, oktyabr oyi boshida AQSh Savdo palatasi delegatsiyasining tashrifi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Qabul qilingan «yo‘l xaritasi» asosida sanoat, moliya, muhim minerallar, energetika, raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish dolzarbligi ta’kidlandi.
Tomonlar xavfsizlik, terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida sheriklikni mustahkamlash masalalarini ham muhokama qilishdi.

Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan kelgusi hafta Vashington shahrida «S5+1» formatidagi sammitni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
18:33 / 07.02.2026
Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi
19:02 / 05.02.2026
O‘zbekiston va AQSh hukumatlari muhim foydali qazilmalar to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladi
21:14 / 04.02.2026
AQSh uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarlicha e’tibor bermadi – Gor
19:54 / 03.02.2026