Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin AESning birinchi energiya bloki qurilishiga start berdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energiya blokini qurish ishlariga rasman start berdi.
Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energiya bloki qurilishi boshlanganini e’lon qildi.
Tadbirda teleko‘prik orqali Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi ham ishtirok etdi.

Davlat rahbari mazkur strategik ahamiyatga ega loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlagani uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AEXA bosh direktori Rafael Grossiga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, loyihada ishtirok etayotgan O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislarining mehnati va yuqori malakali faoliyati alohida e’tirof etildi.
Qayd etilishicha, atom elektr stansiyasi qurilishi O‘zbekistonning texnologik, sanoat va ilmiy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab beradi. Loyiha mamlakatda atom energetikasi sohasini shakllantirish va rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi.

Loyiha kichik modulli atom generatsiyasi hamda yirik hajmli energetika sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassam etgani ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev xavfsizlik masalasi loyihaning mutlaq ustuvor yo‘nalishi ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, stansiya qurilishi va ekspluatatsiyaga tayyorlash ishlari xalqaro standartlar, ilg‘or muhandislik yechimlari hamda Xalqaro atom energiyasi agentligining doimiy nazorati asosida amalga oshirilmoqda.

Tomonlar mazkur yirik energetika loyihasi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026