Iqtisodiyot | 13:16 / 17.05.2018
14233
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftegaz»ga Afg‘onistonda magistral gaz quvuri qurishni taklif qilishdi 

Foto: ung.uz

Afg‘oniston tog‘-konchilik sanoati vazirligi «O‘zbekneftgaz» kompaniyasiga o‘z hududida Mozori-Sharifga qadar magistral gaz quvurini qurishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Biz o‘zbek tomoni bilan 94 kilometrlik gaz quvuri qurishni amalga oshirishni istaymiz. Gaz koni bor bo‘lgan Shibarg‘ondan Mozori-Sharifgacha», - deya aytib o‘tdi Afg‘oniston shaxtalar va sanoat vaziri v.b. Nargis Nixon Kun.uz’ga intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda O‘zbekistondan ishchi guruhning tashrifi rejalashtirilgan bo‘lib, u o‘zbek kompaniyasining loyihada ishtirok etish imkoniyatini o‘rganib chiqadi. «Agar biz kelisha olsak, faqat bu loyihani emas, balki boshqalarni ham birgalikda amalga oshirishni xohlaymiz», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
 
Afg‘onistonda o‘sib borayotgan ehtiyojni hisobga olgan holda, tomonlar o‘zbek gazini yetkazib berish va O‘zbekistondan gaz quvurini qurish masalasini ko‘tarishlari mumkin.

O‘zbekiston Afg‘oniston shimolida istiqbolli uglevodorod konlarini geologik tadqiq qilishni davom ettirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqmoqda.

Mavzuga oid