Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tashkil etiladi
Foto: nuu.uz
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
psixologiya, pedagogika, matematika va tabiiy fanlar, mexanika, mexatronika va boshqa ehtiyoj yuqori bo‘lgan ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta'minlash;
psixologiyaning ilmiy vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy tajribadan foydalangan holda psixologiya va pedagogika sohasiga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish;
xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta'lim dasturlari asosida psixologiya va texnika sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash;
o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta'lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini jalb etgan holda psixologiya sohalari bo‘yicha pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, o‘quv jarayoniga zamonaviy ta'lim texnologiyalarini va masofadan o‘qitish usullarini joriy etish;
respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025