Jizzaxda öz şerigini otib qöygan ovçi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, Samarqand viloyatining Iştixon tumanida yaşovçi 31 yoşli Ğ.A. 2025 yil 5 oktyabr kuni 3 nafar dösti bilan ov qiliş maqsadida Jizzax viloyatining Mirzaçöl tumaniga borgan. Ular tumanning Gulzor mahallasidagi dala maydonida yovvoyi tönğizni ovlamoqçi bölgan. Ovçilar turli joyga, qamişlar orasiga berkinişgan.

Ğ.A. berkinib ötirganda şerigi O.M. qamişlar orasidan unga yaqinlaşgan. Döstini yovvoyi hayvon deb öylagan Ğ.A. ehtiyotsizlik oqibatida unga qarata ov qurolidan bir marta öq uzgan. Otilgan öq O.M.ning boş miya orqa qismi çap tomonini jarohatlagan.

Rasman röyxatdan ötib, 2 yildan buyon ovçilik bilan şuğullanib kelgan Ğ.A. sudda aybiga iqrorlik bildirgan va şerigini bilmasdan otib qöyganini aytgan.

“Kunduz kuni baliq tutib, dam olib ötirganimizda yovvoyi tönğiz izini kördik. Keçda uşbu hayvonni ovlaş maqsadida oldindan kelişilgan joylarni egallab, kuta boşladik. Biroq yovvoyi tönğiz biz tomonga emas, makkajöxori tomonga qarab qoçdi. Keyin zovur oldidagi balandlikka çiqib, joylarimizni özgartirdik. Men transformator oldidagi simyoğoç tagiga joylaşdim. O.M. mendan 100 metr uzoqlikda bölgan masofada ötirdi.

Bu vaqtda çuqurlikda heç kim yöq edi. Soat taxminan 22:30 lar atrofida mendan 15-20 metr uzoqlikdagi balandlik yonboşida qora şarpa körindi va şitirlab men tomonga kela boşladi. Engaşib yurib kelayotgani uçun uni yovvoyi tönğiz, deb öylab, ov qurolimni töğirladim. Şarpa öşa atrofdagi çuqurlikka qarab yura boşladi. Keyin unga qarata öq uzdim. Şu vaqtda öşa yerdan odamning baqirgan ovozi eşitildi.

Yugurib borsam O.M. boşini ikki qöli bilan uşlab, enkayib yotgan ekan. Unga tur, hazillaşma, dedim. Boş kiyimini yeçganida qöli qonligini körib qörqib ketdim”, degan Ğ.A. öz körsatmasida.

Söngra Ğ.A. şeriklarini yordamga çaqirgan. Döstlar birgalaşib yaralangan O.M.ni şifoxonaga olib borgan. Biroq u körsatilgan tibbiy yordamga qaramay, şifoxonada vafot etgan.

Sudlanuvçi O.M.ni qasddan otib öldirmaganini, öşa vaqtda atrof qoronği bölgani sababli heç narsa körinmaganini, marhum yaqin dösti bölganini aytib, suddan yengillik söragan.

JIB Mirzaçöl tuman sudining hukmi bilan Ğ.A. Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybli deb topildi.