Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murod Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Qarshi shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Murod Azimov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, M.Azimov Qashqadaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Murodjon Azimov 1976 yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.
U Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga prokuror, keyinroq viloyat prokurorining o‘rinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan.

2014 yilda Buxoro viloyati prokurori etib tayinlanib, u yerda 2016 yilgacha ishlagan. 2016 yil sentabr oyidan boshlab u O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
General-mayor Murod Azimov 2018 yil fevralida Bojxona qo‘mitasiga rais etib tayinlangan, 2021 yil noyabr oyida Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
08:28 / 07.02.2026
Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
08:48 / 06.02.2026
Qashqadaryoda yirik miqdorda giyohvandlik vositasi musodara qilindi
11:12 / 24.01.2026
Qashqadaryoda qor bo‘ronida qolib ketgan 10 nafar fuqaro qutqarildi
19:32 / 18.01.2026