Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva: Xalqaro tashkilotlardagi vatandoshlarimiz O‘zbekiston nufuzini oshirmoqda
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vena shahrida xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan uchrashdi. Uning ta’kidlashicha, yurtdoshlar o‘z mehnati, bilim va mas’uliyati bilan xalqaro maydonda O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Venada xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan vatandoshlar bilan muloqot qilganini ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, vatandan uzoqda bo‘lishlariga qaramay, yurtdoshlar O‘zbekiston bilan mustahkam aloqalarni saqlab kelmoqda. Prezident administratsiyasi rahbari bunday uchrashuvlar har safar faxr tuyg‘usini uyg‘otishini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar yuqori kasbiy mahorati orqali o‘z o‘rni va so‘ziga ega bo‘lib, global ahamiyatga ega masalalar yechimida faol ishtirok etayotganini qayd etdi.

Shuningdek, u bunday malakali mutaxassislar safini kengaytirish muhimligini ta’kidlab, xalqaro tajriba orttirish, kasbiy rivojlanish va vatan hamda jahon taraqqiyotiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan yosh o‘zbekistonliklar davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

Mavzuga oid
19:52
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
10:24
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
23:03 / 02.06.2026
Saida Mirziyoyeva madaniyat va san’at sohasi rivoji uchun mo‘ljallangan farmonni olqishladi
22:50 / 01.06.2026