Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tonirovka»ga ruxsatnoma olish onlayn bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyiha O‘zbekiston prezidentining “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 5 oktyabrdagi PF–6079-son farmoni 25-ilovasi 37-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2021 yil 1 apreldan boshlab avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish;
avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonining avtomatlashtirilishi;
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun YaIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanishi;
davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lovlar Davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oshirilishi va boshqalar.
Qayd etilishicha, loyihaning qabul qilinishi avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish davlat xizmatini elektron shaklda ko‘rsatish, davlat xizmati uchun to‘lovlarni real vaqt rejimida masofadan turib amalga oshirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
15:49 / 07.01.2026
Yengil avtomobil importida elektromobillar ulushi 70 foizdan oshdi
14:04 / 06.01.2026