2026 yil yakuniga qadar Toşkent şahridagi barça avtotransport vositalariga ekologik toifasini tasdiqlovçi ekologik stikerlar berilişi kerak. “Toza havo” umummilliy loyihasi töğrisidagi prezident farmoni bilan, Içki işlar vazirligiga şunday vazifa yuklatildi.
Ekologiya qömitasi esa 2026 yil yakuniga qadar Toşkent şahri hududi “qizil”, “sariq” va “yaşil” zonalariga ajratib çiqilişini ta’minlaşi lozim.
Farmonga binoan, respublikadagi barça neftni qayta işlaş zavodlari 2028 yil 1 noyabrga qadar “Yevro-4”, 2030 yil 1 martdan boşlab “Yevro-5” ekologik toifa talablariga muvofiq bölgan motor yoqilğilarini işlab çiqarişi kerak. Energetika vazirligi buning uçun zavodlarni modernizatsiya qiliş dasturini 2026 yil 1 noyabrgaça işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaş uçun kiritişi zarur.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda “Ekologik transport” tizimi 2026 yil 1 yanvardan boşlab rasman kuçga kirgan. Unga asosan, şaharlar hududi va transport vositalari “yaşil”, “sariq” va “qizil” zonalarga ajratib çiqiladi hamda şaharning tegişli zonasiga tegişli rangdagi ekostikerga ega bölmagan avtomobillarning kirişi çeklanadi.
Bu tartibni buzganlik uçun jarima qöllaş – 2027 yildan boşlanişi közda tutilgan.
Özbekistonda eko-stikerlar: kimlarga şart emas va qanday olinadi?












