O‘zbekiston | 11:25 / 11.05.2018
81996
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Ramazon oyi 17 may kuni boshlanadi

Bugun, 11 may kuni O‘zbekiston musulmonlar idorasi majlislar zalida yurtimizga Ramazon oyi kirib kelishi va uni tartibli o‘tkazish bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nurimon Abulhasan, O‘MI raisi o‘rinbosari Abdulaziz Mansur, imom-xatiblar, jurnalistlar va diniy ta'lim muassasalari xodimlari ishtirok etishdi.

«Kun.uz» manbasi xabar berishicha, yig‘ilishda Ramazon oyi fazilatlari haqida gaplashildi, iftorlik masalasida kimo‘zarga bellashmaslik so‘raldi.

Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan Astronomiya instituti ilmiy xulosalariga asosan, Ramazonning birinchi kuni 17 may kuni bo‘lishini e'lon qilgan. Bu e'lon bugun juma namozida imom-xatiblar tomonidan aholiga yetkaziladi.

El-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyi munosabati bilan sayt tahririyati barchani tabriklaydi va barchaga ezgu va xayrli amallar hamroh bo‘lishini tilab qoladi.

Mavzuga oid