Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ Olimpiada-2032 mezbonini e'lon qildi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2032 yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tkazilishini e'lon qildi.
Inside the Games’ning xabar berishicha, XOQning bugungi sessiyasida bu haqda ma'lum qilingan. Qayd etish joiz, Olimpiadalar tarixida eng yirik turnir uchinchi marotaba Avstraliyada o‘tkaziladi. Bungacha 1956 yil Melburn, 2000 yilda esa Sidney Olimpiadaga mezbonlik qilgandi. 2032 yilda ham turnir yashil qit'ada o‘tadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari Fransiya poytaxti Parijda, 2028 yilda esa AQShning Los-Anjyeles shahrida o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun, koronavirus pandemiyasi sababli bir yilga kechikkan Tokio-2020 Olimpiadasining rasmiy ochilish marosimi 23 iyul kuni o‘tkaziladi. Musobaqa bugun, 21 iyuldan 8 avgust kuniga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
19:15 / 10.11.2025
XOQ transgenderlar Olimpiadada ayollar bilan bellashishini taqiqlamoqchi
16:56 / 23.06.2025
XOQ yangi rahbari rasman faoliyatini boshladi
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
16:55 / 11.04.2025