Suziş böyiça ikki karra Olimpiada çempioni Kirsti Koventri rasman Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) prezidenti lavozimida iş boşladi. Lozannada uning vakolatlarini topşiriş uçun maxsus marosim bölib ötdi.

Koventri XOQni 2013 yildan beri boşqarib kelgan Tomas Bax örnini egalladi. Mart oyida bölib ötgan saylovda Zimbabve vakili ğalaba qozongan edi.

Bax 41 yoşli Koventriga Olimpiya uyining ramziy kalitini topşirdi.

Koventri Baxga minnatdorçilik bildirdi va eng yaxşi jamoaga ega bölişga va’da berdi.

Koventri Afina va Pekin Olimpiadalarida 200 metrga çalqança suzişda ğolib çiqqan. Şuningdek, olimpiadaning törtta kumuş va bitta bronza va jahon çempionatining uçta oltin medaliga ega.