Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi
Shuningdek, beshta yangi sport turi kiritiladi, musobaqalar soni ham oshadi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2028 yilda Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida tarixda birinchi marta ayol ishtirokchilari soni erkaklar sonidan ko‘p bo‘lishini ma’lum qildi – mos ravishda 5655 va 5543 nafar.
Ushbu tarixiy o‘zgarish ba’zi sport turlarida ham o‘z aksini topadi. Masalan, futbol musobaqasida 16 ta ayollar jamoasi ishtirok etadi, bu erkaklar jamoalari sonidan (12 ta) ko‘pdir. Shuningdek, qo‘shimcha vazn toifasini joriy etish orqali ayollar boksi ham kengaytiriladi.
XOQ rasmiylarining ta’kidlashicha, «gender tenglik sportchilar kvotasi va musobaqalar sonini belgilashda asosiy omil bo‘ldi».
Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda 351 ta medal jamlanmasi o‘ynaladi, bu 2024 yilda Parij Olimpiadasidan 22 taga ko‘p. Dastur beshta yangi sport turini (lakros, kriket, bayroqli futbol, skvosh va beysbol/softbol) va oltita aralash jamoaviy musobaqani o‘z ichiga oladi, jumladan, kamondan otish, 4x100 m estafeta, golf, gimnastika, eshkak eshish va stol tennisi bo‘yicha.
Mavzuga oid
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
09:03 / 12.02.2026
XOQ Berlin olimpiadasi ramzlari tushirilgan futbolkani sotuvdan olib tashladi
19:15 / 10.11.2025