O‘zbekiston | 19:50 / 13.01.2023
10567
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri maktablarida ham darslar 18 yanvardan boshlanadigan bo‘ldi

​​​​​​​Poytaxtdagi maktablarda qishki ta’til 18 yanvargacha uzaytirilishi haqida Toshkent shahar maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi Kun.uz’ga ma’lum qildi. Bu qarorni kim qabul qilgani ma’lum qilinmadi.

Foto: Kun.uz

Sovuq ob-havo sababli Toshkent shahri maktablarida 12 yanvardan darslar bekor qilingan. Bu haqda Kun.uz'ga Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning buyrug‘i bilan respublika maktablarida sovuq ob-havo tufayli darslar 11 yanvardan 18 yanvargacha uzaytirilgan edi. Lekin tasodifan bu qaror bekor bo‘lgani va darslar 11 yanvardan boshlanishi haqida viloyat hokimlarining qarori e’lon qilina boshlandi. Toshkent shahar hokimligi ham 11 yanvardan darslar boshlanishini e’lon qilgandi.

Biroq Toshkent shahar maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, poytaxtdagi barcha maktablarda darslar 18 yanvardan boshlanadi. Bu qarorni kim qabul qilgani masalasi esa ochiq qoldi. Toshkent shahar hokimligi bu vazifa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuklatilganini ma’lum qildi. Lekin ta’til bekor bo‘lishi haqidagi qaror kim tomonidan chiqarilgani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston maktablarida ham darslar bir-ikki kun davom etgach, ta’til yana uzaytirildi.

Mavzuga oid