Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» 94-daqiqada gol urib, «Nasaf»ni yengdi
Superligada 3-turning markaziy uchrashuvi – «Paxtakor»-«Nasaf» o‘yinida mezbonlar g‘alabani ilib ketdi.
O‘yinning 11-daqiqasida Jaloliddin Masharipov oshirgan to‘p Jo‘rabek Mannonovning qo‘liga tegishi natijasida belgilangan penaltidan hisob ochildi – Marat Bikmayev «Paxtakor» safida Superligadagi ilk golini urdi. 2-bo‘limning 8-daqiqasida Vladimir Kozakning avtogolidan keyin hisob tenglashdi.
Ikkinchi bo‘lim jamoalarning navbatma-navbat hujumlari bilan o‘tdi. O‘yin asosiy vaqti yakunlanganida ham tabloda 1:1 hisobi porlab turgandi, ammo hakam to‘xtalishlar o‘rnini qoplash uchun 6 daqiqa vaqt qo‘shib berdi. Ana shu daqiqalarning to‘rtinchisida Yegor Krimets g‘alaba goli muallifi bo‘ldi.
Bu g‘alabadan keyin Shota Arveladze shogirdlari 3 turda 100 foizlik natija ko‘rsatgan holda turnir jadvalida yakkapeshqadam bo‘lib oldi.
Superliga, 3-tur
PAXTAKOR – NASAF – 2:1 (1:0)
5 aprel. Toshkent, «Paxtakor» stadioni. 14670 tomoshabin
Gollar: Marat Bikmayev (12, pen.) Yegor Krimets (90+4) – Vladimir Kozak (53, avtogol)
Hakamlar: Aziz Asimov, Timur Gaynulin, Rasul Fozilov, Rahimbek Karimov
Paxtakor: Sanjar Quvvatov, Akrom Komilov, Vladimir Kozak, Yegor Krimets, Farux Sayfiyev, Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo‘jayev, 69), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Javohir Siddiqov (Doston Hamdamov, 77), Jasur Yaxshiboyev (Dragan Cheran, 58), Marat Bikmayev.
Nasaf: Umidjon Ergashev, Umar Eshmurodov, G‘olib G‘aybullayev, Jo‘rabek Mannonov (Dilshod Saidov, 76), Sardor Abduraimov, Islom Rashidxonov (Akmal Mozgovoy, 57), Xurshid Muxtorov, Islom Kenjaboyev (Oybek Bozorov, 63), Doniyor Narzullayev, Bubur Davlatov, Humoyun Murtazoyev
Hakamlar: Aziz Asimov, Timur Gaynulin, Rasul Fozilov, Rahimbek Karimov
Ogohlantirishlar: Abdullayev (14), Yaxshiboyev (31) - Muxtorov (90), Saidov (90)
Mavzuga oid
22:51 / 04.04.2026
Superliga. “Neftchi” yana yirik g‘alabaga erishdi, “Buxoro” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi
15:12 / 28.03.2026
O‘zbekistonda futbolchilar daromad solig‘idan ozod etildi
18:46 / 25.03.2026
Superliga klublariga markazlashgan tarzda 35 milliard so‘mdan ajratilishi kutilmoqda
11:41 / 21.03.2026