2026 yilgi futbol mavsumidan boşlab, Superliga klublari markazlaştirilgan tarzda moliyalaştirilişi mumkin. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lumot berdi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA), Milliy olimpiya qömitasi (MOQ) va Sport vazirligi tomonidan professional futbol klublarining moliyalaştirilişini takomillaştiriş borasida loyiha işlab çiqilgan bölib, unga köra 2026 yilda Superliga klublariga davlat tomonidan bir xil – 35 milliard sömdan yillik smetasi tasdiqlanişi belgilangan. Şuningdek, xususiy kompaniya va homiylarga professional futbol klublariga homiylik qiliş böyiça imtiyoz berilişi kutilmoqda. Hozirça uşbu tizim mexanizmi va qarorning qaçon qabul qilinişi noma’lum.
Avvalroq, bir qator yirik davlat kompaniyalari futbol klublarini moliyalaştirişni töxtatgan edi. Masalan, «Özbekneftgaz» davlat kompaniyasi yil boşida «Bunyodkor», «Nasaf» va «Buxoro» klublariga homiylik qilişdan voz keçdi. Şuningdek, bir qator boşqa klublar ham davlat kompaniyalari homiyligidan ajraldi. Oqibatda, «Bunyodkor», «Dinamo» va «Surxon» kabi klublarda moliyaviy muammolar kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Futbol klublarini markazlaşgan tarzda moliyalaştiriş mexanizmi dunyo futbolida bor gap. Masalan, Saudiya Arabistoni professional ligasida futbol klublarini boşqariş va moliyalaştiriş qisman markazlaşgan tarzda amalga oşiriladi. 2023 yilda sport islohotlari doirasida Davlat investitsiya jamğarmasi (PIF) törtta yetakçi klub - «Al-Nasr», «Al-Hilol», «Al-Ahliy» va «Al-Ittihod» nazorat uluşlarini (taxminan 75%) qölga kiritdi. Parallel ravişda, liganing boşqa jamoalari yirik davlat va yarim davlat kompaniyalariga (masalan, neft-gaz, transport va sanoat) biriktirildi, bu esa köpçilik klublar davlat bilan boğliq tuzilmalardan mablağ oladigan tizimni şakllantirdi.












