Ro‘yxatga kiritilmagan Bektemir tumanida rejali o‘chirish bo‘lmaydi. Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ichimlik suvni rejali o‘chirish jadvali e’lon qilindi
Poytaxtda 15 aprel-20 may kunlari davomida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suv navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi.
«Toshkent shahar suv ta’minoti» poytaxtda sovuq suv jadval bo‘yicha vaqtincha o‘chirilishini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ichimlik suvi bosimi pasaytiriladi yoki vaqtincha to‘xtatiladi.
Tumanlarda suvni o‘chirish 15 apreldan boshlanib, 20 mayga qadar davom etadi. Muayyan bir hududda suv qariyb ikki kun davomida bo‘lmaydi.
Quyida havolalarda ichimlik suvi to‘xtatiladigan manzillar va o‘chish vaqti keltiriladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani (15 apreldan)
- Uchtepa tumani (15 apreldan)
- Yakkasaroy tumani (17 apreldan)
- Shayxontohur tumani (17 apreldan)
- Yashnobod tumani (16 apreldan)
- Olmazor tumani (17 apreldan)
- Chilonzor tumani (25−26 aprel va 7–8 may)
- Sergeli tumani (18 apreldan)
- Yangihayot tumani (18 apreldan)
- Mirobod tumani (30 apreldan)
- Yunusobod tumani (15 apreldan).
Mavzuga oid
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
17:17 / 19.06.2024
Toshkentda ichimlik suvga mashina yuvgan 63 yoshli ayol jarimaga tortildi
17:58 / 19.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ayrim joylarda bir yarim kun ichimlik suv bo‘lmaydi
19:30 / 12.01.2024