O‘zbekiston | 07:41 / 03.07.2024
4569
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb etiladi 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama rejalarni ifodalovchi hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etilgan.

Uchrashuvda dastlab ish beruvchi kompaniya faoliyati, mazkur davlatda ishlab chiqarish, energetika va servis sohalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot almashilgan. 

Tadbir yakunida kelgusidagi ikki tomonlama rejalarni ifodalovchi hamkorlik kelishuvi imzolangan.

Oldinroq o‘zbekistonlik muhandislar Yaponiyada ishga joylashtirilishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid