Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiya prezidenti Gaaga tribunalida ayblangan ikki generalni mukofotladi
Foto: Sergey Guneyev / RIA Novosti
Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich 1995 yil avgustda xorvat qurolli kuchlarining “Bo‘ron” operatsiyasiga boshchilik qilgan generallar Ante Gotovin va Mladena Markachlarni mukofotladi. Bu haqda prezident devoni xabar berdi.
Xalqaro sud vakillari ilgari Gotovinni "birinchi raqamli xorvat harbiy jinoyatchisi" deb atashgandi. 2008 yil 11 martda Gaagadagi Xalqaro jinoiy tribunalda serb fuqarolariga qarshi harbiy jinoyatlarda ayblangan general va uning ikki yordamchisi ustidan sud jarayoni boshlangandi. 2011 yil 15 aprelda sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal Gotovinni 24 yilga ozodlikdan mahrum qilishga hukm chiqargandi.
Ammo 2012 yil 16 noyabrda xalqaro tribunal apellyatsion palatasi generalni oqlagandi. Xorvatiyada generalni qahramonlardek kutib olishdi, mamlakat prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich esa uni milliy xavfsizlik kengashi tarkibiga kiritdi.
General Mladen Markach ham serblarga qarshi jinoyatlarda ayblanib 18 yilga qamalgandi. 2012 yil kuzida u ham oqlangan va Xorvatiyaga qaytgandi.
Mavzuga oid
15:30 / 20.06.2019
O‘zbekiston delegatsiyasi Gaaga konferensiyasining diplomatik yig‘ilishida ishtirok etmoqda
22:15 / 15.01.2019
Gaaga sudi Kot d'Ivuarning sobiq prezidentini oqladi
22:05 / 30.07.2018
Xorvatiya prezidenti jahon chempionati finalidagi zont haqida gapirib berdi
00:13 / 05.07.2018