Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitaroviç Daniya-Xorvatiya uçraşuvining asosiy mehmonlaridan biri böldi. U öyinni vip-lojada emas, balki işqibozlar sektorida, xorvatiyalik muxlislar bilan birgalikda tomoşa qildi.

Foto: direktno.hr

U bu uçraşuvni tomoşa qiliş uçun oddiy yölovçi samolyotida uçib keldi. Mana buning isboti.

Foto: direktno.hr

«Men ham oddiy muxlis ekanligimni körsatgim, jamoamizni işqibozlar orasida qöllab-quvvatlagim keldi. Milliy ramzimiz tuşirilgan futbolka kiydim. Dress-kod joriy etilgan vip-zonada bunday kiyimda yuriş mumkin emas. Afsus, Modriç oxirida penaltini amalga oşira olmadi, lekin termamiz darvozaboni 11 metrliklar seriyasida özini körsata oldi,  qahramonga aylandi va jamoamizning çorak finalga çiqişiga yordam berdi. Soçida Rossiya bilan öyinda körişgunça, kuçlilar ğalaba qozonsin», – dedi Grabar-Kitaroviç öyindan keyin.

Grabar-Kitaroviç 2015 yil fevralda Xorvatiya prezidenti bölgan. Bunga qadar u Xorvatiyaning AQŞdagi elçisi va NATO boş kotibining ommaviy diplomatiya masalalari böyiça yordamçisi bölgan.

Foto: Instagram /predsjednicarh
Foto: direktno.hr