Texnologiya | 09:00 / 26.05.2026
1456
5 daqiqa o‘qiladi

Muqaddas Qurbon hayiti arafasida Perfectum Samarqandda bo‘lib o‘tgan GSMA M360 Eurasia forumida Markaziy Osiyodagi birinchi 5G Standalone tarmog‘ini taqdim etdi

20–21 may kunlari Samarqandda mobil sanoatning yetakchi forumi — GSMA M360 Eurasia 2026 bo‘lib o‘tdi. Forum Yevrosiyo hukumatlari, regulyatorlari va yetakchi aloqa operatorlarini bir joyga jamladi. Asosiy ma’ruzachilardan biri o‘zbekistonlik Perfectum operatorining bosh direktori Dmitriy Shukov bo‘ldi. Uning ma’ruzasi Markaziy Osiyodagi birinchi 5G Standalone (5G SA) tarmog‘ining ishga tushirilishiga bag‘ishlandi.

Startapdan milliy 5G tarmoqqa to‘qqiz oyda

Shukov 1995 yilda Rubicon Wireless Communication sifatida tashkil etilgan Perfectum 1997 yilda O‘zbekistondagi birinchi D-AMPS tarmog‘ini, 2001 yilda esa birinchi tijoriy CDMA tarmog‘ini ishga tushirganini eslatib o‘tdi. 2023 yilda kompaniya yagona maqsad — mintaqadagi birinchi 5G SA tarmog‘ini qurish maqsadi bilan digital-first operator sifatida qaytadan ishga tushirildi.

2024 yilning aprel oyida Perfectum 5G infratuzilmasining yagona to‘liq siklli (end-to-end) yetkazib beruvchisi sifatida Nokia bilan shartnoma imzoladi. Atigi to‘qqiz oydan so‘ng jonli tarmoqda birinchi 5G SA sinov qo‘ng‘iroqlari amalga oshirildi — bu mintaqa uchun rekord ko‘rsatkich. Tarmoq ikki diapazonli strategiya asosida qurilgan: chuqur qamrov uchun 850 MGs (n5) va yuqori tezliklar uchun 3,8 GGsda 100 MGs (n77). Bulutli-maxalliy (cloud-native) 5G yadrosi Red Hat OpenShift platformasida joylashtirilgan.

«Biz 5G SA tarmog‘ini noldan qurdik. Va qalbimizda hamon startap bo‘lib qolmoqdamiz» — Dmitriy Shukov, Perfectum bosh direktori

Nega Standalone, «4G ustidagi qo‘shimcha» emas?

Perfectum rahbari 4G yadrosiga bog‘liq bo‘lgan NSA emas, balki Standalone arxitekturasi foydasiga qilingan strategik tanlovni alohida ta’kidladi. Bu birinchi kundanoq 5Gʼning to‘liq funksionalligini ta’minlaydi: haqiqiy past kechikish (latency), tarmoqni bo‘laklash (network slicing), periferik hisoblashlar (edge computing) va bulutli-maxalliy masshtablanuvchanlik.

2025 yilning aprel oyidan boshlab Perfectum Toshkent shahri va viloyatida Fixed Wireless Access (FWA) xizmatini ishga tushirdi — 1 Gbit/sʼgacha tezlikda va routerni mustaqil o‘rnatish imkoniyati bilan. Minglab abonentlar uning afzalliklarini allaqachon his etdi.

5G SA mintaqa uchun nimani anglatadi?

GSMA Mobile Economy Eurasia 2026 hisobotiga ko‘ra, mobil ekotizim 2025 yilda mintaqaga 270 milliard dollar olib keldi (YaIMning 8,1%), 2030 yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 300 milliard dollardan oshadi. 5G Standalone — telemeditsina, uchuvchisiz transport, ommaviy IoT va «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasini amalga oshirish uchun poydevordir.

Perfectumning yo‘l xaritasi: 2026 yil — yirik shaharlarda ishga tushirish va FWAʼni masshtablash, 2027 yil — 5G SA milliy qamrovi. Samarqandda 20–21 may kunlari o‘tkazilgan M360 Eurasia konferensiyasida qiziqarli muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Perfectum rahbari eng yaqin kelajakda VoNR bilan mobil 5G xizmatlari ishga tushirilishini e’lon qildi. Hozirda Perfectum kompaniyasi VoNR va mobil internetning yakuniy sinovlarini o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston telekommunikatsiya bozori, shubhasiz, o‘ta past kechikishli (URLLC) yuqori tezlikdagi mobil internetga, NR orqali ovozli aloqaga (VoNR) — tiniq HD sifatli va uzilishlarsiz qo‘ng‘iroqlarga, ommaviy MTC (mMTC) ga, kuchaytirilgan xavfsizlikka, Network slicing hamda 5G SA taqdim etadigan boshqa noyob xizmatlarga munosib edi.

«Biz shunchaki yangi avlod tarmog‘ini qurmayapmiz. Biz O‘zbekiston iqtisodiyoti va jamiyati uzoq muddatli istiqbolda tayanadigan raqamli infratuzilmani yaratmoqdamiz. Markaziy Osiyodagi eng yangi va birinchi 5-avlod 5G SA tarmog‘ining ishga tushirilgani haqida muqaddas Qurbon hayiti arafasida xabar berish ayniqsa quvonarli» — Dmitriy Shukov, Perfectum bosh direktori

 Reklama huquqi asosida

Мунира Тошниёзова
Tayyorlagan Мунира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid