Mobil operator «Rubicon Wireless Communication» MÇJ (Perfectum) va BAAning yetakçi global texnologiya guruhi Emirates Telecommunications Group Company PJSC (e&) Partner Market Programme dasturi doirasida hamkorlik qilişlarini e’lon qilişdi. Hamkorlikning maqsadi Perfectumning raqamli infratuzilmasini va texnologik imkoniyatlarini oşirişga qaratilgan muhim innovatsiyalarni joriy etiş va transformatsiya taşabbuslarini amalga oşirişdir.

Uşbu hamkorlik doirasida e& va Perfectum quyidagi asosiy sohalarni özgartiriş uçun kuçlarni birlaştiradi, lekin ular bilan çeklanmaydi:

- Raqamlaştiriş va modernizatsiya taşabbuslarini töliq qöllab-quvvatlaş.

- Perfectumning tijorat faoliyatida ilğor sun’iy intellekt yeçimlarini qöllaş orqali «Customer Value Management».

- Xaridlar, marketing va savdo operatsiyalarini optimallaştiriş va samarali boşqariş.

- Xalqaro rouming imkoniyatlarini kengaytiriş.

Perfectum boş direktori Dmitriy Şukov ta’kidladi: “e& bilan strategik hamkorlik telekommunikatsiya xizmatlarimiz sifati va hajmini uzluksiz yaxşilaşga kuçli turtki beradi. Hamkorlikning maqsadi aholining va mahalliy biznesning innovatsion va işonçli telekommunikatsiya xizmatlariga bölgan ehtiyojlarini faol ravişda qondirişdir”.

Uşbu strategik hamkorlik doirasida e& Perfectumning yangi infratuzilmasini 5G Standalone New Radio (5G SA NR) texnologiyasiga asoslangan holda qurişni qöllab-quvvatlaydi. 5G SA NR mobil tarmoği Özbekiston raqamli iqtisodiyotining asosi böladi, çunki yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatiş texnologik inqilobning keyingi bosqiçini belgilab beradi va iqtisodiyotning turli sohalari uçun köplab yangi imkoniyatlar yaratadi.

e& international boş direktori v.v.b. Xalifa Al Şamsi şunday dedi: “Biz Perfectum bilan e& Partner Market Programme doirasida hamkorlik qilişni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Uşbu strategik hamkorlik e&ning Perfectumni raqamli sayohatini şakllantiriş va modernizatsiya qilişda qöllab-quvvatlaşga sodiqligini ta’kidlaydi. Dastur tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda va bu e&ning texnologiya yetakçisi sifatida pozitsiyasini mustahkamlaydi va bizning şeriklarimizga yuqori qiymatli xizmatlar va innovatsion yeçimlarni taqdim etişga bölgan sadoqatimizni aks ettiradi”.

e&’s Partner Markets Programme telekommunikatsiya hamkorlarini kuçaytiriş uçun maxsus işlab çiqilgan. Uşbu dastur hamkorlarning yuqori natijalarga erişişiga, mijozlariga ajoyib qiymatni taqdim etişiga va raqamli transformatsiya taşabbuslarini işonç bilan amalga oşirişiga imkon beradi. Bundan taşqari, u xaridlar böyiça eng yaxşi amaliyotlar orqali sezilarli darajada tejamkorlik va optimallaştirişni ta’minlaydi. Hamkorlar şuningdek, keng ulaniş imkoniyatlari va yuqori sifatli xizmatlar taklif qiluvçi e& Carrier & Wholesale xizmatlaridan ham foydalanişlari mumkin.