Perfectum uyali aloqa operatori xususiylaştirilgan. Bunga “Pik skartarisa” Telegram-kanali muallifi Timurmalik Elmurodov e’tibor qaratdi.

Korxona va taşkilotlar reyestriga köra, bugun, 15 mart holatiga (9 yanvar holatida ham şunday bölgan), Perfectum operatorining yuridik şaxsi – “Rubicon Wireless Communication” MÇJning 100 foiz uluşi Abdumalik Valijonoviç Iminovga ötgan. Kompaniya rahbari – Dmitriy Şukov.

Perfectum kompaniyasi xususiylaştirilişi 2020 yil 27 oktyabrdagi prezident qarorida belgilangan, kompaniya avvaliga investitsiyaviy jozibadorligini oşirib, keyin sotiladigan davlat aktivlari röyxatiga kiritilgandi. Öşa vaqtda kompaniyaning 65 foiz uluşi  Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, 35 foizi esa AQŞda röyxatdan ötgan “Amis Protrade International” kompaniyasiga qaraşli edi.

Şundan keyin ötgan davr mobaynida Perfectum'dagi davlat uluşlarini sotiş böyiça oçiq tanlov e’lon qilinmadi, kompaniya xususiylaştirilgani haqida ham xabar berilmadi. Kun.uz bu borada Davaktivga sörov yubordi.

Perfectum rasmiy saytida kompaniya nomi 2023 yil 12 dekabrdan “RWC” MÇJga özgartirilgani ma’lum qilingan. 2023 yil kuzida oktyabrida kompaniya keng kölamli transformatsiyani e’lon qilgan, rahbarlik lavozimiga Dmitriy Şukov tayinlangan edi, u muqaddam Özbekistonda Ms va Beeline aloqa operatorlarini ham boşqargan.

RWC'ning egasiga aylangan Abdumalik Iminov 2023 yil iyul oyi holatiga ikkita MÇJda – “Ravnaq-Omad-Biznes”