O‘zbekiston | 22:27 / 13.02.2026
7851
1 daqiqa o‘qiladi

Ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 510 mingga yetkazish zarur – prezident

Avtomobil sanoati mutasaddilariga joriy yilgi ishlab chiqarish dasturini 10,5 foizlik o‘sishni ta’minlashga moslab qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Qayd qilinishicha, mamlakatda yiliga 650 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta yirik korxona bor. Joriy yilda 300 dan ziyod mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya asosida yana 763 ta detalni ishlab chiqarishni boshlash muhim ekani ta’kidlandi. Ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 510 mingga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.

Aholining mahalliy avtomobillarga talabini rag‘batlantirish maqsadida avtokredit stavkasini pasaytirish va hajmini oshirish chorasini ko‘rish topshirildi.

Umuman, avtomobil sanoati mutasaddilariga joriy yilgi ishlab chiqarish dasturini 10,5 foizlik o‘sishni ta’minlashga moslab qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid