Jahon | 17:24 / 05.06.2018
5698
1 daqiqa o‘qiladi

«Yandeks.Taksi» servisi yana bir davlatda ish boshladi 

Foto: «Yandeks.Taksi»

Serbiyada Rossiyaning «Yandeks.Taksi» servisi ish boshladi. Bu haqda vc.ru kompaniya vakillariga asosan xabar bermoqda.

Xizmat Belgrad aholisi foydalanishi mumkin. Mamlakatda ishga tushirish uchun «Yandeks.Taksi» iOS va Android uchun ilovalarni serb tiliga tarjima qildi va Belgrad xaritasini qo‘shib qo‘ydi.

Shaharda servis bilan loyiha sheriklari bo‘lgan taksoparklardan 600ga yaqin avtomobil ishlamoqda. Serbiya, Estoniya va Latviyada «Yandeks.Taksi»ga NetCab taksi servislari uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqqan Deyan Yefim rahbarlik qiladi.

2018 yil mart oyida Riga shahrida «Yandeks.Taksi» ishga tushdi, Latviya kompaniya uchun Yevropa Ittifoqidagi birinchi mamlakat bo‘ldi.

Toshkentda esa servis o‘z ishini 2018 yilning 4 aprelidan boshladi. O‘zbekiston servis ishga tushirilgan to‘qqizinchi mamlakatga aylandi.

Mavzuga oid