Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiya va Serbiyada ishlayotgan o‘zbeklardan shikoyatlar: elchixona hushyorlikka chaqirdi
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi 2025 yil davomida Xorvatiya va Serbiyada mehnat qilayotgan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida ish beruvchilar tomonidan eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarliklar aniqlanganini ma’lum qildi hamda mehnat migratsiyasi kanalini tanlashda hushyorlikka chaqirdi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, elchixona konsullik bo‘limiga kelib tushgan shikoyatlarni tahlil qilish natijasida insofsiz ish beruvchilar tomonidan quyidagi holatlar ko‘p uchrayotgani qayd etilgan:
- ish haqining muntazam to‘lanmasligi yoki uzoq muddat kechiktirilishi;
- vaqtinchalik yashash va ishlash uchun ruxsatnomalar olishdagi muammolar;
- hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari uchun takroriy (“ikki karra”, “uch karra”) yig‘imlar;
- ish berishni rad etish va qo‘shimcha to‘lovlarga rozi bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish bilan tahdid qilish;
- noqonuniy ishlayotganlarni bahona bilan to‘satdan ishdan bo‘shatib, keyin ish haqini to‘lashdan bosh tortish.
Ma’lum qilinishicha, elchixona o‘z fuqarolarining huquqlarini himoya qilish maqsadida qoidabuzar ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borgan, Xorvatiyaning vakolatli idoralariga rasmiy notalar yuborgan hamda fuqarolarga sud va ma’muriy jarayonlarda hamrohlik qilgan.
Shu bilan birga, elchixonaga ko‘ra, muammolarning katta qismi chet elga noqonuniy vositachilar orqali chiqish va ishga joylashishning dastlab noqonuniy yoki yarim qonuniy kanallari tufayli yuzaga kelmoqda.
Elchixona fuqarolarga:
- Xorvatiya va Serbiyaga ishlash uchun faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining amaldagi litsenziyasiga ega xususiy bandlik agentliklari orqali chiqish;
- litsenziyasi yo‘q shaxs yoki firmalarga pul o‘tkazmaslik;
- turistik, mehmon vizasi yoki boshqa ishchi bo‘lmagan vizalar bilan noqonuniy ishga joylashishga urinmaslik (bu deportatsiya, Shengen hududiga 5 yilgacha kirish taqiqi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin);
- mehnat shartnomasini imzolashdan oldin uni o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilishni talab qilish va shartlarni diqqat bilan o‘rganish;
- muammo yuzaga kelganda darhol elchixonaga murojaat qilishni tavsiya qildi.
Shoshilinch aloqa telefoni: +36 304 362 636. Messenjerlar va rasmiy ma’lumotlar: https://hungary.mfa.uz/page/28447.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
22:15 / 18.05.2026