Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chevrolet 100 yilligini maxsus Silverado va Colorado pikaplari bilan nishonlaydi
Foto: Motor.ru
Amerikaning Chevrolet kompaniyasi Silverado va Colorado pikaplarining maxsus namunalarini ishlab chiqish bilan shu turdagi avtomobillar ishlab chiqarilishining 100 yilligini nishonlaydi. Uning ilk modeli 490 Light Delivery 1918 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, kompaniya bir asrda 85 milliondan ortiq yengil yuk mashinalarini sotishga erishdi.
Maxsus modellarning o‘ziga xosligi Chevrolet kompaniyasi 20-asr birinchi yarmida foydalangan vintaj uslubidagi kapalak-timsol bo‘ladi. Mashinalar kuzovi ham alohida tusda bo‘yaladi. 22 dyuymli disklarga o‘ta pishiq shinalar o‘rnatiladi. Ichki va tashqi elementlari xrom bilan qayta ishlanadi.
Bundan tashqari, kompaniya yubiley sharafiga 1967 yilgi klassik C-10 pikapining buyurtma variantini ham ishlab chiqdi. U oktabrda tashkil etiladigan SEMA tyuning shousida namoyish etiladi.
Foto: Motor.ru
Mavzuga oid
18:30 / 17.10.2025
Chevrolet mashinalariga talab pasaydi, elektromobillar sotuvida o‘sish. O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgaryapti?
12:38 / 28.06.2025
Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillari narxi arzonlashdi
15:52 / 23.06.2025
Ikkilamchi avtomobil bozori: Chevrolet va Kia avtomobillari arzonlashdi, BYD modellari qimmatlashdi
22:07 / 10.03.2025