Oxirgi yillarda Özbekiston avtomobil bozori sezilarli darajada özgarib boryapti. Xususan, «Özavtosanoat» taqdim qilgan ma’lumotlarga köra, 2025 yilning 9 oyida mamlakatdagi rasmiy dilerlar tomonidan 296 ming 331 dona avtomobil sotilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foiz yoki 7042 donaga kam. Qisqariş asosan Chevrolet brendiga tegişli modellar bilan yuz beryapti.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida UzAuto Motors tomonidan taqdim etilgan 10 modeldan 7 tasiga talab pasaygan. Faqatgina Damas, Labo va Malibu sotuvlarida ösiş kuzatilgan. Malubu’ga talabning oşişi davlat idoralari tomonidan amalga oşirilgan qöşimça xaridlar fonida yuz bergan bölişi mumkin. Umuman olganda, hisobot davrida UzAuto Motors’ning bozordagi uluşi 89,4 foizdan 82,7 foizgaça qisqargan.

Chevrolet brendiga tegişli bölmagan va eng köp sotilgan avtomobil – Kia Sonet. Uşbu modelning savdosi ötgan yilning mos davriga nisbatan 4 barobarga oşgan. Öz navbatida, Kia’ning qimmat modellariga talab sezilarli darajada pasaygani qayd etilgan.

Şuningdek, quyidagi modellar ham özbekistonliklar orasida ommaviylaşib boryapti.

Kia, Cherry va Haval avtomobillarini yetkazib beruvçi ADM Jizzakh’ning Özbekiston bozoridagi uluşi 6,5 foizdan 11,1 foizga, umumiy sotuvlar hajmi esa 19 766 donadan 32 987 donagaça köpaygan.

BYD ham bozordagi uluşini 3,8 foizdan 5,7 foizgaça, sotuvlar hajmini 11 580 donadan 16 846 donagaça oşirgan.