Qozoğistonda yangi Chevrolet avtomobillari narxi sezilarli darajada arzonlaşdi. Bu haqda Kursiv Kazakhstan naşri xabar berdi.

Narxning pasayişi brendning kamida uçta modeliga ta’sir körsatgan. Xususan, Cobaltʼning Optimum komplektatsiyasi narxi 8,19 mln tengedan (198,1 mln söm) 7,29 mln tengega (176,3 mln söm) pasaygan bölsa, Onixʼning mexanik uzatmalar qutisiga ega bazaviy modeli 6,99 mln tengegaça (169,1 mln söm), Tracker’ning boşlanğiç narxi esa 9,99 mln (241,7 mln söm) tengega tuşirilgan.

Çevroletʼning Qozoğistondagi rasmiy vakillari bu özgarişni kompaniyaning narx siyosatini doimiy ravişda qayta körib çiqiş siyosatining bir qismi sifatida baholagan.

«Narxlarni muntazam ravişda körib çiqiş siyosati doirasida va joriy bozor şaroitlarini inobatga olgan holda Qozoğistonda Chevrolet brendining ba’zi modellari narxi arzonlaştirildi. Uşbu qaror Chevrolet avtomobillarini mijozlarimiz uçun yanada qulayroq qiliş maqsadida qilingan», deyiladi rasmiy bayonotda.