Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi Makkadan Ramazon salomini yo‘lladi
Dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi Pol Pogba Yevropa ligasida "Manchester Yunayted" g‘alabasiga hissa qo‘shganidan bir necha kun o‘tgach, islom olamining eng muqaddas maskanidan salom yo‘lladi. Bu haqida Daily Sabah'da xabar berildi.
Pogba shuningdek musulmonlarning muqaddas oyi bo‘lmish Ramazon bilan barchani qutladi.
U Instagram sahifasida Kaaba oldida turgan surati bilan bo‘lishdi.

"Hayotim davomida ko‘rganlarimning eng ajoyibi", - deb yozgan Pogba umra safaridan.
Twitter'dagi akkanutida esa "Ramadan Kareem bon Ramadan #makkah #blessed" degan yozuvni qoldirgan.
22 may kuni Manchester-Arenadagi konsert vaqtida xudkush-terrorchi 22 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Ikki kundan keyin Pogba Yevropa ligasi finalida "Ayaks"ga qarshi kechgan o‘yinda urgan golini marhumlar xotirasiga bag‘ishladi.
Yarim himoyachi 2016 yilning avgustida Italiyaning "Yuventus" klubidan "Manchester Yunayted"ga 89,3 million funt sterling (114 million dollar)ga xarid qilindi.
Mavzuga oid
18:59 / 30.01.2026
Umra ziyoratiga borish necha pulga tushadi va narx nimaga bog‘liq?
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
21:48 / 14.09.2025
Makka shahridagi deportatsiya markazida saqlanayotgan o‘zbekistonliklar qisqa muddatlarda vatanga qaytariladi
18:09 / 15.08.2025