Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Umra–2025/26” ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi
Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ziyorat va ibodatlar xotirjam o‘tishini ta’minlaydi.
14 avgust kuni “Umra – 2025/2026” mavsumining ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, 240 nafar hamyurtimiz "Uzbekistan Airways" havo kemasi orqali Toshkent xalqaro aeroportidan Jidda shahriga yo‘l oldi. Ular dastlab Madina shahrida 3 kun, so‘ngra Makka shahrida 7 kun ziyoratda bo‘ladi.

“Ziyoratchilar Madinada “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Al-Ayyam Elite” va “Marmara Hotel” kabi zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi. Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ziyorat va ibodatlar xotirjam o‘tishini ta’minlaydi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Makka va Madina shaharlarida muborak joylarni ziyorat qilish bilan birga Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohatga ham olib boriladi.
Mavzuga oid
21:23 / 10.03.2026
Umra safarlari qayta yo‘lga qo‘yilmoqda
10:31 / 07.03.2026
“Ihlos travel”ning Umra ziyoratchilari O‘zbekistonga eson-omon yetib kelgani ma’lum qilindi
09:39 / 05.03.2026
Madina va Jiddadan 21 reys: 4 948 nafar yo‘lovchi olib kelindi
17:30 / 01.03.2026