Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
Loyiha prezident Sadir Japarov ko‘magida amalga oshirilmoqda. Yangi bino Saudiya Arabistoniga borgan qirg‘izistonliklarning bepul yashashi, jumladan, haj ziyoratini ado etishi va ta’lim olishi uchun mo‘ljallangan.
Makkada Qirg‘iziston fuqarolari uchun ziyoratchilar va talabalar bepul joylashishi mumkin bo‘lgan mehmonxona qurilishi boshlandi. Bu haqda prezident administratsiyasi axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov ma’lum qildi, deb xabar berdi 24.kg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha prezident Sadir Japarov ko‘magida amalga oshirilmoqda. Yangi bino Saudiya Arabistoniga borgan qirg‘izistonliklarning bepul yashashi, jumladan, haj ziyoratini ado etishi va ta’lim olishi uchun mo‘ljallangan.
Shu bilan birga, qurilishni yakunlash muddatlari, moliyalashtirish hajmi va obektni foydalanishga topshirishning aniq sanasiga hozircha aniqlik kiritilmagan.
Davlatlar yoki milliy diniy jamg‘armalar o‘z ziyoratchilari uchun Makka va Madinada maxsus uy-joyga egalik qilish yoki qurish holatlari allaqachon mavjud. Qirg‘iziston loyihasi noyob, ammo yagona emas: bunday modellar bir qator musulmon mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri qo‘llanilmoqda.
Masalan, Lembaga Tabung Haji (Malayziya) Makka va Madinada mehmonxonalarga ega bo‘lib, ziyoratchilarni imtiyozli tariflar bo‘yicha joylashtirish bilan ta’minlaydi. Turkiyada diniy ishlar bo‘yicha davlat boshqarmasi – Diyanet Makkada o‘zining va uzoq muddatli ijaraga olingan obektlaridan foydalanib, ziyoratchilarni o‘z narxi bo‘yicha joylashtiradi. Indoneziyada yirik shartnomalar va yotoqxonalarga ega davlat haj missiyalari mavjud, Eron ham Makkada ziyoratchilarning bir qismi bepul yoki deyarli bepul yashaydigan vaqf binolariga ega.
Shu nuqtai nazardan, Qirg‘iziston tashabbusi butunlay bepul yashash shakli bilan ajralib turadi, bu esa uni dunyodagi kam sonli va Markaziy Osiyodagi birinchi shunday amaliyotlardan biriga aylantiradi.
Mavzuga oid
22:31
Qirg‘izistonda sud Qamchibek Tashiyevga yengil jazo tayinladi
17:41
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026