Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
InfinBANK ot sportining polo turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladi
5–7 may kunlari Toshkent shahridagi Chilonzor markaziy ippodromida yilning eng yirik va tomoshabop sport tadbirlaridan biri - ot sportining polo turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi.
Foto: InfinBANK
Musobaqa mamlakatimizning eng kuchli professional polo jamoalarini bir yerga to‘pladi. Chempionatda O‘zbekistonning sakkizdan ortiq hududidan tashrif buyurgan sportchilar qatnashdi. Ayollar o‘rtasida ot polosini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi: musobaqalarda erkaklar jamoalari bilan birga ayollar jamoalari ham ishtirok etdi va bu ushbu sport turining xotin-qizlar orasida ommalashishida muhim qadam bo‘ldi.
Chempionat O‘zbekiston polo federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan tashkil etildi. Musobaqaning 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgani tadbirga o‘zgacha ahamiyat baxsh etdi.

Tadbirda faqat milliy qorabayir zotli otlar — kuch, chidamlilik va o‘zbek yilqichiligining boy merosi timsoli bo‘lgan otlarning ishtirok etgani turnirning o‘ziga xos jihati bo‘ldi. Qorabayirlarning salobati va chavandozlarning mahorati chempionatning betakror muhitini yaratishda muhim o‘rin tutdi.
Musobaqa doirasida ilk marotaba bitta maydonga 80 dan ortiq ot jalb etilgani tadbirning yuksak darajada tashkil etilganini va miqyosini yaqqol ko‘rsatdi. Shuningdek, ushbu chempionat nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda o‘tkazilgan shu darajadagi birinchi tadbir bo‘lib, mintaqada ot sportini rivojlantirishda yangi bir bosqichni boshlab berdi.

Tadbir sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda xalqaro mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Chempionat yoshlar o‘rtasida polo sport turini ommalashtirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish va O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash uchun muhim platformaga aylandi.
2020 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston polo federatsiyasi erkaklar va ayollar jamoalariga birdek e’tibor qaratgan holda, mamlakatimizda ushbu sport turini izchil rivojlantirib kelmoqda. InfinBANK federatsiyaning ilk hamkorlaridan biriga aylanib, uning tashabbuslarini 2021 yildayoq qo‘llab-quvvatlagan.

O‘sha paytdan buyon bank ot sportining polo yo‘nalishini rivojlantirishga tizimli ravishda ko‘maklashib, asosiy musobaqalarda, jumladan, joriy chempionatda ham hamkor sifatida ishtirok etmoqda. Bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash InfinBANK’ning sportni rivojlantirish, milliy an’analarni asrab-avaylash va iqtidorli sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan strategiyasiga mos keladi.

InfinBANK O‘zbekiston polo federatsiyasiga hamda chempionatning barcha tashkilotchilariga tadbirning yuqori saviyada tayyorlangani va o‘tkazilgani uchun o‘z minnatdorligini bildiradi. Ot sportining polo turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi chempionatining o‘tkazilishi ushbu sport turini yuksaltirish, uning mamlakatdagi mavqeini mustahkamlash va O‘zbekistonning jahon polo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 30.04.2026
InfinBANK O‘zbekiston talabalari o‘rtasida kibersport rivojini qo‘llab-quvvatladi
13:00 / 16.04.2026
InfinBANK Madina Kasimbayeva so‘zanalarining ijodiy namoyishini qo‘llab-quvvatladi
11:00 / 02.03.2026
InfinBANK terminallari orqali tushumni 1 daqiqada 24/7 hisobga o‘tkazish xizmatini yo‘lga qo‘ydi
09:00 / 23.02.2026