O‘zbekiston | 13:00 / 16.04.2026
3661
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

InfinBANK Madina Kasimbayeva so‘zanalarining ijodiy namoyishini qo‘llab-quvvatladi

InfinBANK taniqli toshkentlik hunarmand Madina Kasimbayevaning ijodiy ko‘rgazmasiga bosh homiy bo‘ldi. Tadbir uning mualliflik galereyasida bo‘lib o‘tdi.

Foto: InfinBANK

Tadbir doirasida yangi ishlardan parchalar namoyish etildi. Ularda an’anaviy o‘zbek kashtachilik san’ati zamonaviy dizayn talqinida aks ettirildi. Ko‘rgazma san’at ixlosmandlari, dizaynerlar hamda ishbilarmon doira vakillarini birlashtirgan yorqin madaniy voqeaga aylandi.

Madina Kasimbayeva o‘ziga xos uslubi bilan tanilgan bo‘lib, unda milliy naqshlar, chuqur ramziylik va zamonaviy badiiy yechimlar uyg‘unlashgan. Uning ishlari nafaqat madaniy merosni asrab qoladi, balki uni qayta talqin qilib, zamonaviy moda va intererda ham dolzarb qiladi.

Bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash InfinBANK’ning madaniy va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Bank O‘zbekiston milliy merosini asrash va ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarning doimiy hamkori sifatida faol ishtirok etib kelmoqda.

“InfinBANK iste’dodli ustalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan faxrlanadi. Ular nafaqat an’analarni saqlab qoladi, balki ularga yangi mazmun bag‘ishlaydi. Bunday loyihalar mamlakatning madaniy qiyofasini shakllantiradi va kreativ sanoatlarning rivojlanishiga ilhom beradi”, — dedi InfinBANK marketing va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori Elvira Gimadiyeva

San’at vakillari bilan hamkorlik bankning nafaqat moliyaviy institut, balki mamlakat madaniy hayotining faol ishtirokchisi bo‘lishga intilishini ham aks ettiradi.

Ko‘rgazma o‘zbek hunarmandchiligi an’analari yashab kelayotgani va rivojlanishda davom etib, yangi auditoriya orasida ham qiziqish uyg‘otayotganining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

Reklama huquqi assosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid