Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi
Keyingi yildan boshlab, oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomada ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, oliy ta'limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratiladi. Keyingi yildan boshlab, oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi.
«Oliy ta'limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratiladi. Keyingi yildan boshlab, oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi.
Oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazamiz.
A'lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi.
Shu o‘rinda bir fikrni aytmoqchiman. Hozirgi vaqtda yoshlar eng nufuzli oliygohlarga kirish uchun intiladi, lekin oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida bilimli va iqtidorli yoshlarni jalb qilish bo‘yicha raqobat yo‘q. Shu sababli, xususiy oliygohlarga ham kerakli mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Oliygohlar va ta'lim tizimining quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkaziladi.
Shuningdek, 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktiriladi.
Nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishimiz zarur.
Shu munosabat bilan, kelgusi yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi.
Bu dastur orqali ilk bor bakalavr yo‘nalishida chet ellarga 100 nafar o‘g‘il-qizlarimizni yuboramiz. Keyingi yillardan ularning soni 2-3 barobarga ko‘paytiriladi.
Yangi yilda yurtimizdagi 30 ta yetakchi oliygohga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025
Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO 43-sessiyasining ochilishida qatnashadi
20:04 / 29.10.2025
Xususiy sektorda band bo‘lgan shaxslarga ham nafaqa to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi
13:52 / 29.10.2025