Jahon | 18:06 / 24.04.2018
13192
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya KQTTda Britaniyadan Skripal ishi bo‘yicha javoblarni oldi

Foto: opcw.org

Rossiyaning Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotdagi doimiy vakolatxonasi Britaniya tomoni Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi ishi bo‘yicha savollarga javob taqdim etganini xabar berdi. Bu haqda TASS ma'lum qilmoqda.

«Kecha kechqurun doimiy vakolatxona Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot Texnik kotibiyati orqali Britaniya tomonidan javoblarni oldi. Ayni damda biz olingan materiallarni o‘rganmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi missiya vakili.

Vakolatxonadagilar javoblar haqida batafsil ma'lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh faqat Rossiya Skripalni zaharlashdan manfaatdor bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi

 

Mavzuga oid