Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning Jambil viloyatida O‘zbekiston avtobusi avariyaga uchradi
Qozog‘istonda G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining Jambil viloyati hududidan o‘tgan qismida O‘zbekiston avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda «Kazinform» xabar berdi.
Foto: Kazinform
Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, YTH «Olmaota-Toshkent» avtomobil yo‘lining 571-kilometrida, Jambil viloyati, Jualin tumani, Bauyrjan Momishuli qishlog‘idan olti kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan.
«O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi. Hodisa sabablari vakolatli organlar tomonidan o‘rganilmoqda», — deya izoh berdi departament matbuot xizmati.
YTH oqibatida avtobus haydovchisining yordamchisi va yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, 33 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan uch nafari jonlantirish bo‘limida ekani xabar qilinmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH ob-havo sharoitining yomonlashishi (yomg‘ir va do‘l) tufayli ro‘y bergan, avtobus haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, xuddi shu yo‘nalishda harakatlanayotgan traktor tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transportni boshqarayotgan shaxs tomonidan o‘limga olib kelgan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Kerakli ekspertizalar tayinlangan.
Jambil viloyati trassasida yuz bergan YTHda jabrlanganlar uchun maxsus telefon raqamlari ishlamoqda - 8 (7262) 51-35-75, 51-41-67.
Mavzuga oid
12:53 / 15.02.2026
Toshkentdagi YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
21:19 / 13.02.2026
Li 9 va BYD to‘qnashuvi: Toshkent sudlari yana shov-shuvli ish markazida
11:25 / 13.02.2026
Toshkent ko‘chalariga panjaralar qaytyapti. Ular xavfli bo‘lgani uchun olib tashlangandi
08:33 / 13.02.2026