Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ikki “Damas” to‘qnashdi: 1 kishi halok bo‘ldi
Namangan viloyati Norin tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki “Damas” to‘qnashdi. Oqibatda 1 nafar yo‘lovchi vafot etdi, yana 4 nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Foto: Videodan kadr
Namangan viloyati IIB JXX YHXB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2026 yil 18 fevral kuni soat 10:00 atrofida Norin tumani "Xo‘jaqo‘rg‘oncha" MFY hududidan o‘tgan D-115 avtomobil yo‘lining 10-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, “Damas” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan haydovchi Norin–Cho‘ja yo‘nalishida harakatlanish vaqtida belgilangan tezlikni oshirib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan boshqa bir “Damas” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida to‘qnashuvga sabab bo‘lgan “Damas” avtomashinasining old o‘rindig‘ida bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan. Har ikki haydovchi hamda yana 2 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
YHXB barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishni, harakat vaqtida tezlikni oshirmaslikni hamda o‘zlari va o‘zgalar hayotini xatarga qo‘ymaslikni so‘ramoqda.