Fiskal huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qo‘llanadigan sanksiyalar miqdori kamaydi
Fiskal huquqbuzarliklar realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. Ilgari realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solingan.

Foto: Depositphotos
2024 yil 29 may kuni imzolangan yangi qonun bilan, Soliq kodeksining 227-1-moddasi o‘zgartirildi. Bu modda tadbirkorlar e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgandi.
Unga ko‘ra, fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Ilgari realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab bo‘lgan.
Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Ilgari bu qoida mavjud emas edi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi

08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi

19:46 / 19.09.2024
Jamoat transporti uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi

20:38 / 14.09.2024