Jamiyat | 19:31 / 24.09.2018
13853
4 daqiqa o‘qiladi

Andijon mashinasozlik instituti qo‘shimcha bakalavriat va magistratura mutaxassisliklariga qabul e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” qaroridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 17 sentabrdagi 9-sonli bayoni asosida 2018/2019 o‘quv yili qabuli uchun respublika oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va  ikki tomonlama diplom berish amaliyotini joriy etish maqsadida Andijon mashinasozlik instituti to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qo‘yidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga

QABUL E’LON QILADI

  1. Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti (North China University of Technology) bilan hamkorlikda Mexatronika va robototexnika (Mechatronics Engineering) va Mashinasozlik texnologiyasi (Mechanical Engineering) qo‘shma ta’lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga asosan 2+2 modeli asosida (2 o‘quv yili Andijon mashinosozlik institutida va 2 o‘quv yili Shimoliy Xitoy texnologiya universitetida)

 

  • “MAShINASOZLIK TeXNOLOGIYaSI, MAShINASOZLIK IShLAB ChIQARIShINI JIHOZLASh VA  AVTOMATLAShTIRISh”bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga;

 

  • “MeXATRONIKA VA ROBOTOTeXNIKA”bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga
  1. Janubiy Koreyaning Tegu universiteti (Catholic University of Daegu) hamkorlikda avtomobilsozlik (Automotive Engineering) bakalavriat yo‘nalishi qo‘shma ta’lim dastur va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga asosan 2+2 modeli asosida (2 o‘quv yili Andijon mashinasozlik institutida va 2 o‘quv yili Janubiy Koreyaning Tegu universitetida)
  • “AVTOMOBILSOZLIK VA TRAKTORSOZLIK” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga
  1. Janubiy Koreyaning Tegu universiteti (Catholic University of Daegu) va Andijon Davlat Tibbiyot institutlari bilan  hamkorlikda meditsina injyeneriyasi (Biomedical Engineering) magistratura mutaxassisligi qo‘shma ta’lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga asosan 1+1 modeli asosida (1- o‘quv yilida Andijon mashinasozlik instituti va Andijon Davlat Tibbiyot institutlarida  va 2-o‘quv yilida Janubiy Koreyaning Tegu universitetida)
  • “TIBBIYoT VA BIOTeXNOLOGIYa MAShINALARI VA JIHOZLARI” magistratura mutaxassisligiga

 

ABITURIYeNTLAR QABUL KOMISSIYaSIGA QUYIDAGI HUJJATLARNI TAQDIM ETADILAR:

- institut rektori nomiga ariza;

- o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi (bakalavriat yo‘nalishlari uchun);

- oliy ma’lumot haqida hujjatning asl nusxasi (magistratura mutaxassisligi uchun);

- 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

- 3,5 - 4,5 sm. hajmdagi 6 dona fotosurat;

- pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi)

Abituriyent qabul komissiyasiga pasport, harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat va ingliz tili bilimini aniqlash bo‘yicha IELTS (yoki unga tenglashtirilgan) sertifikat shaxsan taqdim etiladi.

O‘QUV MAShG‘ULOTLARI INGLIZ TILIDA OLIB BORILADI.

Murojaat uchun manzil:

Andijon shahri, Bobur shoh ko‘chasi, 56

Tel:(0374) 223-42-12
Veb sayt:www.andmiedu.uz

e-mail:[email protected]

Mavzuga oid