Sport | 08:04 / 12.10.2017
83893
1 daqiqa o‘qiladi

«Oltin to‘p» sohibi mamlakat prezidenti etib saylandi

Foto: Jorj Vea

«Chelsi», «Manchester Siti» va «Milan» jamoasining sobiq hujumchisi, hozirda esa siyosiy arbob bo‘lgan Jorj Vea Liberiya prezidenti etib saylandi. Vea davlat rahbari uchun saylovlarda o‘zining bosh raqobatchisi – Liberiya vitse-prezidenti Jozef Bokayning ustidan g‘alaba qozondi. 51 yoshli Veaning kutilmagan muvaffaqiyati haqida Naij nashri xabar bermoqda.

Sobiq futbolchi 2005 yilda o‘z davlati prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etgan va ovoz berishning ikkinchi turida saylovchilarning 40 foizdan ortiq ovozlarini qo‘lga kiritgandi, biroq yakunda Elen Jonson-Serlifga yutqazib qo‘ygan. Endilikda, Vea uni davlat rahbari lavozimida almashtiradi.

Vea 1995 yilgi «Oltin to‘p» sovrini sohibi sanaladi. Shuningdek, u 3 marta (1989, 1994, 1995) Afrikaning eng yaxshi o‘yinchisi, deb tan olingan. 

Mavzuga oid