Özbekiston Liberiya va Togo bilan diplomatik aloqa örnatdi. Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, Özbekiston bilan diplomatik aloqa örnatgan davlatlar soni 155 taga yetdi.

«Liberiya – biz bilan diplomatik aloqalar örnatgan 154-davlat böldi. Liberiya taşqi işlar vaziri Sara Beysolov Nyanti xonim bilan bugungi uçraşuvda Qöşma kommyunike imzoladik. Ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari kelgusidagi hamkorlikning dastlabki kun tartibini muvofiqlaştiriş va işlab çiqişga kelişib oldik», deyiladi xabarda.

«Togo – biz bilan diplomatik aloqalar örnatgan 155-davlat böldi. Togo Respublikasi taşqi işlar vaziri Rober Dyusse bilan birgalikda diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisidagi Qöşma kommyunikeni imzoladik. Şubhasiz, Afrika qit’asi davlatlari bilan özaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş uçun katta imkoniyatlarimiz mavjud», deyiladi xabarda.