Liberiyadagi maktabda yuz bergan yonğin oqibatida 26 öquvçi va 2 öqituvçi halok böldi. Bu haqda mamlakat prezidenti ma'muriyatiga iqtibos keltirgan holda “Frans Press” axborot agentligi xabar berdi.
Voqea Liberiya poytaxti Monroviya yaqinida 18 sentyabrga ötar keçasi yuz bergan. Yonğin sabablari hali ma'lum qilinmagan.
Mamlakat prezidenti Jorj Vea tvitterda öz hamdardligini bildirgan.
“Men ötgan keça Peynsvilldagi maktab binosini qamrab olgan dahşatli yonğinda halok bölgan bolalar oilalari uçun duodaman. Bu halok bölganlar oilalari va butun Liberiya uçun oğir damdir”, deb yozgan Jorj Vea.













