Hi-Tech City Toshkentning qayerida barpo etilishi ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston hukumati Hi-Tech City Xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz bunyod etiluvchi hududni belgilab berdi. Ushbu hudud Amir Temur, Kichik halqa yo‘li, Sandiqqo‘rg‘on va Iftixor ko‘chalari o‘rtasida bo‘ladi.
Markaz Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yaqinida joylashadi, Xalqaro biznes markaz va O‘zekspomarkaz maydonini o‘z ichiga qamrab oladi. Unda eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun qulay sharoitlar yaratilishi mo‘ljallangan.
Mart oyida bo‘lajak markaz joylashadigan hududda buzilishi lozim bo‘lgan turar joylar va inshootlar inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Shu yerda istiqomat qilayotgan oilalarga yangi yer uchastkalari ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent shahri hokimiyati hamda Koreyaning POSCO Daewoo korporatsiyasi Hi-Tech City qo‘shma loyihasini birgalikda amalga oshirishdagi hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolagandi. Tomonlar yangi bitimni joriy yilning 1 fevralida imzolashdi, u Toshkentda High Tech City yuqori texnologiyali shaharni barpo etish bo‘yicha 2017 yilning 22 noyabr kuni Seulda imzolangan bitimni to‘ldiradi. Loyiha umumiy qiymati 1,4 mlrd dollar. Taxminan 50 gektarlik maydonda biznes-markazlar, turar-joylar, ilmiy-tadqiqot markazlari, ta'lim, tijorat va sanoat muassasalari hamda boshqa obektlar joylashadi. Barcha obektlar «aqlli» texnologiyalardan foydalanilgan holda quriladi.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024