Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
POSCO Daewoo bilan Hi-Tech City bo‘yicha bitim imzolandi
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent shahri hokimiyati hamda Koreyaning POSCO Daewoo korporatsiyasi Hi-Tech City qo‘shma loyihasini birgalikda amalga oshirishdagi hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tomonlar yangi bitimni joriy yilning 1 fevralida imzolashdi, u Toshkentda High Tech City yuqori texnologiyali shaharni barpo etish bo‘yicha 2017 yilning 22 noyabr kuni Seulda imzolangan bitimni to‘ldiradi. Loyiha umumiy qiymati 1,4 mlrd dollar. Taxminan 50 gektarlik maydonda biznes-markazlar, turar-joylar, ilmiy-tadqiqot markazlari, ta'lim, tijorat va sanoat muassasalari hamda boshqa obektlar joylashadi. Barcha obektlar «aqlli» texnologiyalardan foydalanilgan holda quriladi.
Bitim shartlariga ko‘ra, tomonlar loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichiga kirishmoqda. U qo‘shma ishchi guruhni shakllantirishdan iborat bo‘lib, guruh loyiha barcha bosqichlari tezkor hamda sifatli amalga oshirilishi, obekt qurilishi uchun maydonni tanlash, kontseptual rejani ishlab chiqish va loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asosini muvofiqlashtirib boradi.
Mavzuga oid
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026
Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ilk a’zolari e’lon qilindi
17:50 / 16.06.2026