Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:31 / 03.12.2021
5894
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent IESda elektr energiyasida uzilish bo‘lgani sababli qator hududlar issiqlik ta'minotisiz qoldi
Toshkent Issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasida uzilish sodir bo‘ldi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xabar bermoqda.
Foto: Kun.uz
Ma'lumotda aytilishicha, Qorasuv-6 mavzesidagi 2-sonli issiqlik markazi va TTZ mavzesidagi lokal qozonxonalar faoliyati to‘xtab qolgan.
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan quyida keltirilgan manzillarda issiqlik va issiq suv ta'minoti to‘xtagan:
- Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6 mavzelar;
- Avayxon mavzesi;
- Feruza mavzesi;
- Bo‘z-2 mavzesi;
- TTZ-1, 2, 3, 4 mavzelar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026
2026 yilning birinchi choragida elektr ishlab chiqarish 7 foizga oshdi
13:24 / 23.03.2026
El-Nino xavfi: yangi issiqlik rekordlari kutilyapti
18:02 / 12.03.2026