Jahon meteorologiya taşkiloti ma’lum qilişiça, sayyora çiqarayotganidan köra köproq issiqlik energiyasini qabul qilmoqda. Bu esa uglerod dioksidi kabi issiqlikni uşlab qoluvçi gazlar çiqindilari bilan boğliq.

Bu rekord darajadagi “energetik nomutanosiblik” ötgan yili okeanlarni yanada qizdirdi va muzliklarning erişiga olib keldi.

Olimlar şuningdek tabiiy isiş bosqiçi — El-Nino bu yil oxirida boşlanişi mumkinligidan xavotirda. Bu esa yana yangi issiqlik rekordlariga sabab bölişi mumkin.

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş uşbu hisobotga javoban mamlakatlarni qazilma yoqilğilardan voz keçib, qayta tiklanuvçi energiya manbalariga ötişga çaqirdi.

U şunday dedi: “Yer sayyorasi öz çegarasidan çiqib ketmoqda. Barça asosiy iqlim körsatkiçlari xavf signalini bermoqda”.

Jahon meteorologiya taşkiloti ma’lumotiga köra, sönggi 11 yil Yer tarixidagi eng issiq 11 yil bölgan.

2025 yilda global örtaça harorat sanoatgaça bölgan davrga nisbatan taxminan 1,43°C ga yuqori bölgan.

Tabiiy La-Ninya sovitiş ta’siri tufayli 2025 yil 2024 yilçalik issiq bölmadi. 2024 yil esa aksinça El-Nino ta’siri bilan yanada issiq bölgan.

Şunga qaramay, ötgan yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq uç yildan biri bölib qoldi.

Köplab olimlar global isiş tezlaşmoqda, deb hisoblaydi, ammo haroratlar hali ham uzoq muddatli prognozlar doirasida ekanini ta’kidlaydi.

Jahon meteorologiya taşkiloti iqlim özgarişi heç qaçon bu qadar tez bölmaganini körsatuvçi köplab dalillarni keltirmoqda.

Eng muhim körsatkiç — Yer qança ortiqça issiqlik energiyasini qabul qilayotganidir. Bu “energetik nomutanosiblik” ötgan yili yana yangi rekordga yetdi.

Olimlar aniq sabablarni örganmoqda, ammo ular issiqxona gazlari (ayniqsa CO₂) asosiy sabab ekaniga şubha qilmaydi. Atmosferadagi CO₂ darajasi sönggi kamida 2 million yil içidagi eng yuqori nuqtaga yetgan. Bu asosan inson faoliyati — qazilma yoqilğilarni yoqiş natijasidir. Uşbu ortiqça energiyaning bir qismi atmosfera va quruqlikni qizdiradi, şuningdek muzliklarni eritadi.

2024–2025 yillarda muzliklar eng yomon beş yildan biriga duç keldi. Qutblardagi dengiz muzlari ham 2025 yil davomida rekord darajada kamaydi.