O‘zbekiston | 12:53 / 07.04.2026
3581
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman ish boshladi

Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, Vashington shahrida Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu tashabbus ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, mazkur kengash qo‘shma biznes tashabbuslari uchun mustahkam institutsional asos yaratishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Bu esa kelgusida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Uning qayd etishicha, kengashning tashkil etilishiga ikki davlat prezidentlari o‘rtasida qaror topgan yuksak darajadagi ishonch zamin yaratgan.

Kengash hamraisi, elchi Serjio Gor ham so‘nggi bir yil davomida AQSh Markaziy Osiyoda strategik sheriklikni mustahkamlash borasidagi qat’iy intilishlarini amalda namoyon etganini ta’kidlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid